Kattalashtirish 0%

TECHNOCORP Markazining qizlari Ayollar spartakiadasida ishtirok etishdi

2021-yilning 27-mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti binosida Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan Ayollar spartakiadasining Toshkent shahar bosqichi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Spartakiada stol tennisi, shashka, shaxmat, yengil atletika, darts, voleybol va stritbol sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Musobaqada TECHNOCORP Markazining qizlari Xodjabekova Shaxnoza (yengil atletika) va Utkurova Risolat (shaxmat) ishtirok etishdi.

 

Yengil atletika musobaqalarida dasturchimiz Shaxnoza Xodjabekova yaxshi natija ko‘rsatib, sovrinli ikkinchi o‘rinni egalladi.

TECHNOCORP Markazi jamoasi Shaxnozani ikkinchi o‘rin bilan samimiy tabriklaydi, shuningdek, qizlarga ayollar sport musobaqalarida faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiradi.