Kattalashtirish 0%

TECHNOCORP Markazi xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

Ma’lumki, bu yil davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temurning 685-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bobokalonimiz, buyuk sarkarda Amir Temurning tug‘ilgan kuni arafasida TECHNOCORP Markazi xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Markaz xodimlari Temuriylar hukmronligi tarixi davrida, Amir Temurning tarixiy shaxs sifatida, uning amalga oshirgan ishlari, hukmronlik qilgan yillari, o‘sha davrdagi bunyodkorlik ishlari va ko‘plab eksponatlarni muzeyda saqlanayotganligini guvohi bo‘ldilar.

Shuningdek, 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan ochilgan muzey tarixi bilan tanishdilar.