Kattalashtirish 0%

Rahbar va yoshlar: yangi istiqbollar, yangi vazifalar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘.M. Ziyayev Inspeksiya tizimidagi faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKning yosh xodimlari ham videokonferensaloqa orqali qatnashdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi, unda yoshlar tomonidan dolzarb muammolar ko‘tarilib, ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh mutaxassislar tomonidan, shu qatorda Markaz tomonidan ham, yangi tashabbus va takliflar taqdim etildi va Inspeksiya rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarni hal etish, doimiy muloqotda bo‘lish bo‘yicha yangi vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.