Kattalashtirish 0%

“O‘zarxiv” agentligida AKTni joriy etish bo‘yicha ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun 17-mart kuni “O‘zarxiv” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov boshchiligida agentlik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Axborot texnolgogiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK vakillari ham ishtirok etishdi. Agentlik rahbariyati tomonidan “O‘zarxiv” agentligida AKT holati, joriy qilingan axborot tizimlari va resurslari, elektron davlat xizmatlari to‘g‘risida axborot berildi. Shuningdek, joriy yilda rejalashtirilayotgan axborot tizimlari va resurslari taqdimot qilindi hamda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.