Kattalashtirish 0%

Markazning «Speaking club» o‘z faoliyatini boshladi

Bugun joriy yilning 25-martida Markazda yosh xodimlar tashabbusi bilan «Speaking club» o‘z faoliyatini boshladi.

Klubning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida ingliz tilini takomillashtirish, nutq qobiliyatini oshirish, ingliz tilining so‘z boyligi va grammatikasini o‘zlashtirish.

“Speaking club”ning birinchi darsi tanishish nuqtai-nazaridan o‘tkazildi va xodimlar o‘z bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari xaqida suxbatlashdilar.

Bunday mashg‘ulotlarni haftasiga 2-3 marotaba o‘tkazishga qaror qilindi.