Kattalashtirish 0%

Markazimiz yosh xodimining katta yutug‘i

Ma’lumki O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida Alisher Navoiyning boy merosini o‘rganishni keng targ‘ib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

Mazkur tanlovda Axborot texnologiyalar va axborot resurslarini rivojlantirish markazining “Axborot resurslarini ishlab chiqish va rivojlantirish” bo‘limi 1-toifali mutaxasissi Akramov Asadbek Ahadjon o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilova hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, faxrli o‘rin bilan taqdirlandi.

G‘olibga O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan noutbuk hamda sertifikat topshirildi. Markaz jamoasi Asadbekning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Ma’lumot uchun: “Navoiy va yoshlar” mobil ilovalar tanlovi Alisher Navoiy asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar buyuk mutafakkir asarlarini elektron ilova shaklida taqdim etishlari zarur edi.