Увеличить на 0%

Markaz xodimlari “Toshkent yoshlar forumi – 2020” tadbirida ishtirok etishdi

Joriy yilning 18-21-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Toshkent yoshlar forumi – 2020” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Markaz xodimlari ham ishtirok etishdi. “Tashkent City”ning Kongress xoll majmuasida bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy soha – 2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari”, “Huquqiy Toshkent – 2030”, “Raqamli Toshkent – 2030”, “Toshkentning moliyaviy kelajagi va zamonaviy qiyofasi – 2030” mavzularidagi tadbirlarda ishtirok etib, qiziqarli va dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Forum doirasida yoshlarning zamonaviy qahramonlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, istiqbolli loyihalar, ayniqsa “Raqamli Toshkent – 2030” va “Ijtimoiy soha – 2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari” kabi loyihalar taqdimoti yorqin taasurotlar qoldirdi.