Kattalashtirish 0%

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK va Amity University Tashkent hamkorlik to’g’risida memorandum imzolashdi

2021-yil 17-martda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK va Amity University Tashkent hamkorlik to’g’risida memorandum imzoladilar.

Memorandumning maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari, shuningdek, ta’lim faoliyati sohalarida hamkorlik va rivojlanish, O’zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan ishlar va tadqiqotlarni targ’ib qilish.

Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:

– elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish;

– malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

– talabalar amaliy malakalarini oshirish uchun imkoniyat yaratish va universitet o’z bilimlarini Markaz xodimlari bilan bo’lishish;

– universitet talabalarini Markaz tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga hamda o’zaro manfaatli hamkorlikning boshqa yo’nalishlariga jalb qilish.

Hamkorlik doirasida universitet talabalari uchun tajriba va bilim olishlari uchun seminarlar, amaliyotlar, biznes uchrashuvlar va onlayn veb-seminarlar tashkil qilish ham ko’zda tutilgan.