Kattalashtirish 0%

Markaz xodimlari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

Bugun, 9-fevralda mamlakatimizda buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, navoiyshunos olimlar, adib va shoirlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatori “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Navoiy merosiga bag‘ishlangan tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil qilindi va yoshlar tomonidan bobomiz qalamiga mansub g‘azallar mushoirasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyot ixlosmandlari, shoir va yozuvchilar, navoiyshunos olimlar, o‘qituvchilar qatnashishdi.