Kattalashtirish 0%

Markaz xodimlari hasharda faol qatnashdilar

Joriy yilning 13-mart kuni Markaz xodimlari Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizda o‘tkazilgan hasharda faol ishtirok etishdi.

Xodimlar Markaz binosi va bino atrofidagi hudud maydonini axlat va chiqindilardan tozalash, shuningdek, xonalarda tozalash ishlarini olib bordilar, ish joylarini tartibga keltirdilar.

Hashar tadbirlari jamoaning ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Markaz xodimlari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi

Bugun, 9-fevralda mamlakatimizda buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, navoiyshunos olimlar, adib va shoirlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatori “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Navoiy merosiga bag‘ishlangan tasviriy san’at ko‘rgazmasi tashkil qilindi va yoshlar tomonidan bobomiz qalamiga mansub g‘azallar mushoirasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyot ixlosmandlari, shoir va yozuvchilar, navoiyshunos olimlar, o‘qituvchilar qatnashishdi.