Sayt sinov jarayonida ishlamoqda
Kattalashtirish 0%

Xorazm viloyati Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida, 2020-yilning 28-fevral kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda “O‘zkomnazorat” Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi hamda hududdagi telekommunikatsiya, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflar tinglandi. Ushbu masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.