Sayt sinov jarayonida ishlamoqda
Kattalashtirish 0%

Technocorp hisobot tayyorlovchi vositani ishlab chiqmoqda

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Markaz xodimlari, vazirlik va idoralar mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Markaz direktori Nozimjon Dalibayevning so‘zlariga ko‘ra Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomlillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan tashkil etilgan.

Markaz texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar va portallarni yaratish, rivojlantirish va targ‘ibot qilishda texnik yordam ko‘rsatadi. Markaz mutaxassislari “raqamli va axborot jamiyatini” shakllantirish dolzarb masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash, shuningdek, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik infratuzilmani rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.

Markaz shuningdek, axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishda konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Xususan, markaz xodimlari davlat organlari o‘rtasida xavfsiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash va tashqi hosting maydonlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha maslahatlar berishadi.

– Ayni paytda biz davlat organlarida hisobot tayyorlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladigan tizimni ishlab chiqmoqdamiz, – dedi Markaz direktorining o‘rinbosari Miraxmadjon Rixsiboyev.

– Yangi tizimdagi barcha ma’lumotlar infografika ko‘rinishida taqdim etiladi. Bu raqamlardan iborat jadvallar kabi ko‘zlarni charchatmaydi va juda qulay. Bunda barcha hisobotlar rahbarlarga taqdim etiladi.

Rahbar har doim hisobot bilan mobil telefon orqali tanishishi, yuklab olishi, printerdan chiqarishi, kimgadir yuborishi yoki taqdimot paytida ekranga chiqarishi mumkin.

 

Manba: УзА