Sayt sinov jarayonida ishlamoqda
Kattalashtirish 0%

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida mobil aloqa operatorlarining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2020-yil 27-fevral kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida aholiga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar vakillari bilan xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida respublikadagi telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Rustamov tadbir ishtirokchilarini bugungi kunda telekommunikatsiyalar sohasida qonunchilik talablariga rioya qilinmasligi, jumladan respublikadagi telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari jiddiy muammolardan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbirda mobil aloqa operatorlarining vakillari yuqorida qayd etilgan qonunbuzarliklarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish masalalari birgalikda muhokama qilindi. Ularga bu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish uchun har tomonlama puxta va zamonaviy uslublar ishlab chiqish tavsiya etildi.