Rahbariyat
Dalibayev Nozimjon Zakirjonovich
Tarjimai hol
Markazning barcha bo‘limlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zkomnazoratning buyruq, farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni hamda Markazni faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan konseptsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbir rejalari bajarilishini tashkillashtiradi;
Markazning rivojlantirish va takomillashtirish siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydi va faoliyatni yanada yaxshilash chora-tadbirlarini belgilaydi, zaruriyat tug‘ilganda tasdiqlangan shtatlar birligi doirasida Markazning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgarishlar kirish bo‘yicha O‘zkomnazoratga takliflar kiritadi;
Markazning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va topshiriqlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi;
Markaz faoliyatlarini boshqarish tizimiga zamonaviy va xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etilishini tashkillashtiradi, barcha rahbar va xodimlarning ijro intizomiga amal qilishini ta’minlash va intizomni mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilaydi;
Markaz hisob-raqamidagi byudjet, byudjetdan tashqari va boshqa mablag‘larni boshqaradi;
Markaz direktorining o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, davriy ravishda ularning hisobotlarini tinglaydi;
Markaz tizimida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va rahbar kadrlar zaxiralarini shakllantirish vazifalarini belgilaydi va siyosatini yuritadi;
Markaz vakolatlariga doir masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan ishlash va hamkorlik qilish masalalarini tashkil etadi, sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qilish va sudlarda ishtirok etish uchun vakillarga ishonchnomalar beradi;
Buxgalteriya, Xodimlarni boshqarish bo‘limi, Yuriskonsult, Axborot va xalqaro munosabatlar xizmati, Iqtisodiy rejalashtirish va marketing bo‘limlariga bevosita rahbarlik qiladi;
Markaz direktori qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Markaz direktori Markazga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan mas’uldir.
Rixsiboev Miraxmadjon Abdulla o’g’li
Биография
Vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zkomnazoratning buyrug‘i va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni va Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbir rejalari bajarilishini ta’minlaydi;
Veb-saytlarni ishlab chiqish bo‘limi faoliyatini nazorat qiladi, bo‘limning asosiy vazifalari – veb-sayt va mobil ilovalar ishlanmasi, dizayn, verstka va dasturiy ta’minot bilan integratsiyalash, CMS-tizimni serverga ulash, veb-saytlar tayyorlashdagi texnologik jihatlarni ko‘rib chiqish, buyurtmachi bilan buyurtmaning texnik masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqa qilish va uni veb-sayt bilan ishlashga o‘rgatish funktsiyaliri ijrosini ta’minlaydi;
Axborot tizimlarini joriy etish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘limi faoliyatini boshqaradi, bo‘limga yuklatilgan asosiy vazifalari – axborot tizimlari ishlanmasi, tizim logikasi va sxemalarini ishlab chiqish, axborot tizimlarining ishlashini texnik jihatdan ta’minlash, axborot tizimlarini yaratishda ularning ko‘lami, yuklamalarini hisobga olgan holda texnologik echim tayyorlash, tashqi tizimlar bilan integratsiyalashuvi bo‘yicha texnik ishlarni amalga oshirish, buyurtmachini axborot tizimi bilan ishlashga o‘rgatish, ijrosini ta’minlaydi;
Axborot portallari hamda veb-resurslarni ishlab chiqish va jadallashtirish bo‘limi faoliyatini nazorat qiladi, bo‘limning asosiy vazifalari – axborot portallarini dasturlashda tekshirish o‘tkazish, texnik hujjatlarni tayyorlash, Markaz mas’uliyatida bo‘lgan axborot tizimlari, veb-portallar va saytlarni monitoring qilish, ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayerlash, davlat organlarida AKTni joriy etish holati bo‘yicha turli auditlarda qatnashish, davlat organlari va tashkilotlardagi AKT holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash, ijrosini ta’minlaydi;
Axborot xavfsizligi bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limning asosiy majburiyatlari – Markazning axborot xavfsizligi siyosati va kontseptsiyasini ishlab chiqish, davlat organlari va tashkilotlardagi AKT xavfsizligi holati bo‘yicha audit o‘tkazish, turli qo‘llanmalar tayyorlash, Markaz server jihozlari va infratuzilmasining holati bo‘yicha davriy audit tayyorlash, Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlik qilish, axborot xavfsizligi bo‘yicha Markaz xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ichki seminarlar tashkillashtirish, veb-sayt, axborot tizimlari, portallar va mobil ilovalar dasturchilari bilan axborot xavfsizligi bo‘yicha ishlash, ishlanmalarning axborot xavfsizligini ta’milash, turli axborot xavfsizligiga tahdidi bo‘yicha holatlarga nisbatan tezkor munosabat bildirish, shuningdek axborot xavfsizligi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish, ijrosini ta’minlanishini nazorat qiladi.
Maxsus kelishuvga asosan O‘zkomnazoratning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
bevosita rahbarlik qiladigan markaziy apparatning bo‘limlarning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish hamda yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Markaz rahbariga takliflar tayyorlaydi;
O‘zkomnazoratda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda hamda tashkil etilgan komissiya va guruhlar ishida ishtirok etadi;
Markazning Veb-saytlarni yaratish bo‘limi, Axborot tizimlarini joriy etish va ularga xizmat qo‘rsatish bo‘limi, Axborot portallari va veb-resurslarini rivojlantirish va jadallashtirish bo‘limi, Axborot xavfsizligi bo‘limlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolat va funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etish va ta’minlash uchun shaxsan javobgar.
Yuldashev Baxtiyor Abdulxaevich
Биография
Vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari O‘zkomnazoratning buyrug‘i va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni hamlaa Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbir rejalari bajarilishini ta’minlaydi;
kompьyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan davlat va nodavlat korxona va tashkilotlar, shuningdek boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari va xususiy biznesga keng miqyosdagi axborot, servis va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek Markazning xizmatlari bo‘yicha buyurtmachi davlat va nodavlat korxona va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, shartnomalarni tayyorlash, turli xizmatlarni taqdim etish bozorini o‘rganish va tahlil qilish, yangi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni tayyorlashni tashkil etadi;
Markazning axborot-tahlil qilish ishlarini olib borish, shu jumladan Markazning loyihalarini tayyorlash, turli xil axborot va tahliliy ishlarni (ma’lumotnomalar, xulosalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va boshqalar) tayyorlash, Markaz rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorlar va nutqlarning loyihalarini tayyorlash, yig‘ish va to‘plashni tashkil etish. tahlil qilish uchun an’anaviy va elektron shakldagi ma’lumotlar, loyihalar uchun turli xil tahliliy hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va tashkilotlarida AKTni joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar va auditlarda ishtirok etish, turli reja va kontseptsiyalarni tayyorlashni tashkillashtiradi;
Markazga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan me’yoriy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, Markazning me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, Markaz hujjatlarining normativ nazoratini ta’minlash, davlat idoralari va tashkilotlari uchun turli xil normativ hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha Markaz loyihalarida ishtirok etadi;
Axborot tizimlari va dasturiy ta’minot vositalarini o‘rnatish va sozlash, dasturiy ta’minotni yangilash, dasturiy va apparat vositalarining nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish, server uskunalarini boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish, serverlar va axborot tizimlarning uzluksiz ishlashi, ma’lumotlarni zaxiralash va kompyuterni doimiy ravishda tekshirish. Markaz xodimlarining boshqa orgtexnika jihozlari, davlat organlari va tashkilotlari serverlariga texnik xizmat ko‘rsatish, loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish Olingan server va kompyuter texnikasiga qo‘yiladigan talablar, texnik xususiyatlarni shakllantirish kabi ishlarni amalga oshirishni tashkillashtiradi;
Markazning ish yuritish (ish yuritish, hujjat aylanishi, ijro intizomi), jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, xodimlar uchun ish joylari va shart-sharoitlarni yaratish, Markazni moddiy texnik bazasini yaratish va rivojlantirish maqsadida tegishli texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar, tovar va moddiy boyliklarni xarid qilish, saqlash, hisobini yuritish hamda o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ri foydalanishini nazorat qilish, xodimlarni texnik va yong‘in xavfsizliklari talablari va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, avtotransport vositalardan foydalanish va yoqilg‘i moy mahsulotlari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, bino xonalari ozodaligini ta’minlash va boshqa tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qiladi;
Markazning iqtisodiy faoliyatidagi barcha hisob va hisobotlarni monitoring va tahlil qilish, shtatlar jadvali va tarif setkasini ishlab chiqish, xarajatlar smetasini ishlab chiqish, bajarilishini nazorat qilish, zarurat bo‘lganida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tahlil qilish. Markaz xizmatlari va ularning tariflarini ishlab chiqishni va to‘g‘ri qo‘lanilishini nazorat qiladi;
Markaz xizmatlarini taklif etish bo‘yicha tijorat takliflarini yuborish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar loyihasini ishlab chiqish, shartnomalar rasmiylashtirish, shartnomalar bo‘yicha debitor va kreditor qarzdorliklar reestrini shakllantirish va nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Zaruriyatga ko‘ra, Markazning moliyaviy, iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlar, bank xujjatlari, tegishli shartnomalar, ishonchnomalar, bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va shartnomaga muvofiq hisob-fakturalar, mol-mulklarni qayta ro‘yxatga olish (inventarizatsiya) xujjatlari, shuningdek markazning moliyaviy-statistik hisobotlarini imzolash ishlarini amalga oshirishi mumkin;
Markaz vakolati doirasida Vazirlik, idora, korxona va tashkilot va muassasalar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Markaz xodimlarining ichki mehnat tartibi, ijro intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi nazoratini tashkil etadi;
bevosita rahbarlik qiladigan markaziy apparatning bo‘limlarning rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish hamda yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Markaz rahbariga takliflar tayyorlaydi;
O‘zkomnazoratda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda hamda tashkil etiladigan komissiya va guruhlar ishida ishtirok etadi;
Markazning Konsalting bo‘limi, Axborot-tahlil bo‘limi, Normativ-metodologiya bo‘limi, Korporativ tarmoqni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Umumiy bo‘limlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolat va funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etish va ta’minlash uchun shaxsan javobgar.