Sayt sinov jarayonida ishlamoqda
Kattalashtirish 0%

Markaz haqida

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4452-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Markazning asosiy vazifalari:

texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari va veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik ko‘mak berish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida “raqamli va axborot jamiyati”ni shakllantirish, shuningdek, texnik infratuzilmani rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash;

axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, ular o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlash, tashqi xosting maydonchalari bilan integratsiya masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish;

axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonunlar va normativ hujjatlar loyihalari, texnik shartlar loyihalari, litsenziyalash va tartibga solish me’yorlari va qoidalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etishdan iborat.

Shu bilan birga, Markaz davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va idoralarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi yo’nalishida xizmat ko‘rsatadi.